AsosiyDunyo

Qozog`istonda 10 ming AQSh dollaridan ziyod naqd xorijiy valyutani mamlakatdan olib chiqib ketish taqiqlandi

'Qozog`istonda 10 ming AQSh dollaridan ziyod naqd xorijiy valyutani mamlakatdan olib chiqib ketish taqiqlandi'ning rasmi

Qozog`iston Respublikasi prezident Qosim-Jo`mart To`qaev «Qozog`iston Respublikasi moliyaviy barqarorligini ta`minlash choralari to`g`risida»gi farmonni imzoladi.

To`qaevning farmoniga binoan, Qozog`iston Respublikasi milliy manfaatlarini himoyalash va mamlakat moliyaviy barqarorligini ta`minlash maqsadida Qozog`iston Respublikasi hududidan quyidagilarni olib chiqish taqiqlanmoqda:

  • 1. 10 ming AQSh dollaridan oshgan naqd xorijiy valyuta va (yoki) Olib chiqish kunida Qozog`iston Respublikasi Markaziy banki kursi bo`yicha hisoblanganda 10 ming AQSh dollari ekvivalentidan ziyod bo`lgan xorijiy valyutadagi pul mablag`lari;
  • 2. Affinirlangan oltindan 5, 10, 20, 50 va 100 grammlik yombilar va Qozog`iston milliy banki tomonidan chiqarilgan oltindan tayyorlangan ALTYN BARYS va kumushdan tayyorlangan KÚMIS BARYS investisiya tangalari, shuningdek 100 grammdan ortiq affinirlangan oltin.

«Milliy manfaatlarni himoya qilish va moliyaviy barqarorlikni ta`minlash maqsadida Qozog`iston Respublikasidan ekvivalenti 10 ming dollardan ortiq bo`lgan naqd xorijiy valyutani olib chiqib ketish taqiqlanadi», deyiladi hujjatda.

Farmon rasman e`lon qilingan kun, ya`ni bugun — 14 martdan kuchga kirgan.

Ilgari Qozog`iston Markaziy banki mamlakatga naqd valyuta etkazish murakkab geosiyosiy vaziyat va aholining talabi oshgani sababli qiyinlashganini xabar bergan edi.

    Boshqa yangiliklar