AsosiyShou-biznes

Aktrisa Shahlo Temirova uning turmush o`rtog`i bilan qiziqqanlarga javob qaytardi

Shahlo Temirova bugungi kunda faol ijod qilib kelayotgan aktrisalardan biri sanaladi. U “E`tirof-2015” taqdimot marosimida “Yilning eng yaxshi aktrisasi” nomiga sazovor bo`ldi. 

Ma`lum bo`lishicha, uning Instagramdagi sahifasi orqali ayrim ayollar uning turmush o`rtog`i bilan bog`liq bema`ni savollar bilan murojaat qilishayotgan ekan. Ushbu holat aktrisaning jonidan o`tgan ko`rinadi u ana shunday “muxlislar”iga murojaat yozib qoldirdi:

“Odamlarga tushunmayman. Aktrisa sifatida hurmat qilishadi. Men ham muxlislarimni hurmat qilaman juda sevaman. Muxlis o`z navbatida aktrisaning ijodini sevadi, chunki aktrisa bo`lishiga uning ijrosi sababchi. Muxlislar o`zlari uchun yana bir aktrisa kashf etishadi va muxlislik qilishadi. Albatta bu juda yoqimli holat. Hamma muxlislarimga iliq tilaklar uchun rahmat. Boshim ko`kka etdi. Ammo ba`zida sahifamga “turmush o`rtog`ingiz qani”, “turmush o`rtogingizni rasmini qo`ying” degan izohlar ham kelmoqda. Shu savolni hadeb beraverishgandan ohiri yozdim. Iltimos, siz meni ijodim bilan qiziqing. Eng qizig`i bu savollar ayollar tomonidan berilmoqda. Tushunmayman ularga meni turmush o`rtogimni nimasi qiziq? Uyalishmaydimi? Menimcha, haqiqiy muxlis eri yoki oilasiga qiziqmaydi. 

Turmush o`rtogim bilan qiziqqanlarga javob: “Agar sizning turmush o`rtog`ingizni tinmay ayollar so`rashsa qanday jahlingiz chiqadi. Bu oila! Bu shaxsiy hayot. Unga begona ayollar-u qizlar qiziqishi juda hunuk bo`larkan. Qiziqmang. Nasib etsa ko`rarsiz.  Turmush o`rtogim internetga qiziqmaydi. Hatto telegramim ham yo`q meni. Ruhsat yo`q. Instagramga esa o`zim kiraman muxlislarim uchun. Iltimos bema`ni savollarni bas qiling aziz, “ayollar” (yuqorida tilga olganlarimga tegishli).

Boshqa yangiliklar