1

Zimbabveda xristian sektasining cho`qintirish marosimida 6 nafar bola vafot etdi

Dunyo 09.06.2016, 11:13
Zimbabveda xristian sektasining cho`qintirish marosimida 6 nafar bola vafot etdi

Zimbabveda xristian sektasi o`tkazayotgan cho`qintirish marosimlaridan birida 6 nafar bola halok bo`ldi, deb xabar berdi “Lenta.ru” nashri.

Hodisa mamlakatning sharqida joylashgan Murivo qishlog`ida ro`y bergan. Polisiya matbuot kotibi Chariti Charambaning so`zlariga ko`ra, marosimni sektaning ikki katta vakili daryo bo`yida o`tkazgan. Bolalarning o`lib qolganini ko`rgan marosim boshqaruvchilari qochishga harakat qilgan, ammo polisiya tomonidan qo`lga olingan. Taxminlarga ko`ra, bolalar sovuq suvda uzoq tutib turilishi oqibatida halok bo`lgan.

Mamlakat polisiyasi fuqarolarni bunday xavfli marosimlarni o`tkazmaslikka, unda qatnashmaslikka chaqirdi.

So`nggi paytlarda Zimbabveda turli sektalar, shu jumladan xristian sektalari paydo bo`lib, unga ko`pchilik e`tiqod qila boshlagan. Bunga mamlakatda oxirgi o`n yil mobaynida vujudga kelgan ijtimoiy-iqtisodiy inqiroz ham sabab bo`lgan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1