Aktyor Javohir Zokirov bugungi kun o`zbek kinosi va o`zining estrada sohasidagi ijodi xususida “Bekajon” gazetasiga bergan intervyusida fikr yuritdi.
Ma`lumki, Javohir Zokirov afsonaviy “Bolalar” guruhi asoschilaridan biri hisoblanadi. Jurnalistning aktyor “Bolalar” guruhi tarkibiga qaytishi mumkinligi haqida savolga u quyidagicha javob berdi:
—“Bolalar” guruhi va Tohir Sodiqov bugun qanday yutuqqa erishgan bo`lsa, faqat o`zining iste`dodi va mehnati orqali erishdi. O`tmishga boqib, hayotimni qaytadan boshlashni xohlamayman. “Bolalar” guruhining ilk yakkaxon konsertida Rossiyadagi oliygohda talaba bo`lganim uchun kela olmaganman va o`shanda yig`laganman. O`shandayoq men guruhdan ketganman. Yakkaxon xonanda sifatida kuylash menga qulay.





