Ijtimoiy tarmoqda tarqalgan, Sirdaryoda avtobus ishtirokida sodir bo`lgan YTH yuzasidan YHXBB ma`lumot berdi:
2022 yil 14 mart kuni soat 14:30 larda, Sirdaryo viloyati, Sirdaryo tumani hududidan o`tuvchi M-34 avtomobil yo`lining 92-kilometrida haydovchi, 1990 yilda tug`ilgan J.R. "Golden Dragon" rusumli avtobusda harakatlanayotib rul boshqaruvini yo`qotgan va qarama-qarshi yo`nalishni ajratib turuvchi to`siqqa urilgan.
YTH natijasida tan jarohati olgan fuqarolar yo`q. Avtobusda haydovchi va bir nafar yo`lovchi bo`lgan.
Ushbu YTH yuzasidan Sirdaryo tumani IIB YHXB xodimlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.






