Ijtimoiy tarmoqda tarqalgan, Ohangaron tumanida sodir bo`lgan YTH yuzasidan ma`lumot berildi.
2022 yil 15 mart kuni soat 13:30 larda Toshkent viloyati, Ohanganron tumani, Aqcha MFY hududidan o`tuvchi "A-373-M-39-Guliston-Bo`ka-Angren-Qo`qon-Andijon-O`sh" avtomobil yo`lida haydovchi, 1990 yilda tug`ilgan B.I. "Trailor CYY 2SX" rusumli tirkama ulangan "Man" rusumli yuk avtomobilida harakatlanayotib ketayotgan vaqtda, ulangan tirkama qarama-qarshi yo`nalishni ajratib turuvchi to`siqqa urilgan va "Man" avtomobilidan ajralgan holda qatnov qismiga ag`darilgan.
Hodisa natijasida tan jarohati olgan fuqarolar yo`q.
Mazkur YTH yuzasidan Ohangaron tumani IIB YHXB xodimlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.






