Superliganing 3-tur uchrashuvlariga start berildi.
Chempion "Paxtakor" Toshkentda liga debyutanti "Olimpik"ga qarshi maydonga tushdi. Uchrashuv kutilmaganda 1:1 hisobida yakun topdi. Dastlab "Olimpik" hisobni ochgan bo`lsada, keyinchalik "sherlar" muvozanatni tikladi. Qolgan vaqt davomida hisob o`zgarishsiz qoldi.
Bekobodda "Metallurg" esa "Surxon" bilan kuch sinashdi. O`yin 0:0 hisobida yakun topdi.
Superliga, 3-tur
"Olimpik" - "Paxtakor" 1:1
Gollar: Jiyanov 5 - Sayfiev 22.
"Metallurg" - "Surxon" - 0:0






