Hindistonda 16 mart, chorshanba kuni Hindistonda 12-14 yoshli bolalarni koronavirusga qarshi emlash boshlandi. Bu haqda The Times of India ma`lum qildi.
“Hozirgi kunga qadar hindistonliklarga 1,8 milliard dozada Covid-19 vaksinalari taqdim etilgan, shundan 90 million dozasi 15 yoshdan 17 yoshgacha bo`lgan o`smirlarga berilgan. 12 yoshdan 14 yoshgacha bo`lgan bolalarni emlash himoya qalqonini yanada kuchaytirishi kerak", - dedi bosh vazir Narendra Modi.
Bolalarni emlash Hindistonning Biological Evans kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan Corbevax vaksinasi yordamida amalga oshiriladi.
60 yoshdan oshgan barcha hindular ham 16 martdan boshlab cheklovsiz vaksinalarning kuchaytiruvchi dozalarini olishni boshlashlari mumkin.






