Unda 100 ga yaqin yo`lovchi bo`lgani aytilmoqda.
Yaponiya shimoli-sharqidagi Toxoku temiryo`l liniyasida zilzila tufayli tezyurar “Sinkansen” poezdi relsdan chiqib ketdi. Poezd Fukusima shahridan Shiroishizaoga yo`l olgan bo`lgan. "Zamon.uz" nashri buni qayd etmoqda.
Xabarga ko`ra, vagonlarning bir qismi egilib qolgan. Poezdda 100 ga yaqin odam bo`lgan va ular evakuasiya qilingan. Hodisa oqibatida hech kim jabrlanganmagan.






