Bugun Misr poytaxtida sport gimnastikasi bo`yicha Jahon kubogining navbatdagi bosqichi start oldi. Bu haqda O`zbekiston Milliy olimpiya qo`mitasining rasmiy saytida xabar berildi.
Unda O`zbekiston terma jamoasi vakillari ham ishtirok etadi. Tarkibda Doxadagi muvaffaqiyatidan so`ng jahon nashrlarini yana bir bor larzaga solgan Oksana Chusovitina qatori yosh iqtidor egalarini ham uchratish mumkin.
Jamoamiz tarkibi quyidagicha:
Oksana Chusovitina
Ominaxon Halilova
Dildora Aripova
Rasuljon Abdurahimov
Abdulla Azimov
Habibullo Ergashev
O`tkirbek Jo`raev
Trenerlar: Elvira Rakova, Ravshan Mirzaev
Hakamlar: Stella Koshechkina, Otabek Masharipov.
Musobaqa 20 martga qadar davom etadi.
Eslatib o`tamiz, sal avval Oksana Chusovitina Doxada o`tayotgan Jahon kubogida oltin medalni qo`lga kiritgan edi.
Mavzuga doir:






