Afg`onistonning Vashingtondagi elchixonasi va Nyu-York hamda Los-Anjelesdagi konsulligi o`z faoliyatini to`xtatdi. Bu haqda Pajhwok manbasiga tayangan holda Zamon xabar bermoqda.
Diplomatik vakolatxonalar yopilishiga moliyaviy manbalarning ajratilmagani sabab bo`lgan. AQSh administrasiyasi tomonidan elchixona bank hisob raqamlarining muzlatib qo`yilishi moliyaviy qiyinchiliklarga sabab bo`lgan.
Afg`on diplomatlari AQSh davlat departamentiga yordam so`rab murojaat qilgan. Shuningdek, Vena konvesiyasiga asosan hukumatga diplomatik missiya binolarini saqlash taklif qilingan.
Xabarda qo`shimcha qilinishicha, diplomatik faoliyat 16 mart kuni to`xtatilgani aytilgan.






