"Liverpul" bosh murabbiyi Yurgen Klopp Angliya Premer-ligasining qoldirilgan o`yinida "Arsenal" ustidan qozonilgan g`alabadan keyin o`z fikrlari bilan o`rtoqlashdi.
"Muhim bo`lgan uch ochkoni qo`lga kiritdik. "Arsenal" maydonida g`alaba qozonish oson emas. Biz buni uddaladik va chempionlik yo`lidagi imkoniyatimizni yaxshilab oldik.
Tanaffusdan keyin o`yin uslubimizni yaxshilashga e`tibor qaratdik. Himoyani unutmagan holda o`ynashga majbur bo`ldik.
Jamoa uchun juda xursandman, vaziyatimizdan qoniqish hosil qilyapman. Chempionlikga erishish uchun mentalitetni saqlab qolishimiz lozim. Bu oson kechmaydi. Negaki, oldimizda juda qiyin o`yinlar kutmoqda. Biz barchasiga tayyor bo`lishimiz lozim", - deya Klopp so`zlaridan keltirmoqda Liverpool Echo nashri.






