Evropa Ligasining 1/8 final javob uchrashuvlariga start berildi.
"Barselona" klubi Turkiyada "Galatasaroy"ga qarshi maydonga tushib, 2:1 hisobida zafar quchdi hamda keyingi bosqichga yo`llanma oldi. Pedri va Obameyang tomonidan kiritilgan gollar kataloniyaliklarga muvaffaqiyat keltirdi.
"Atalanta" esa "Bayer"ni kichik hisobda mag`lubiyatga uchratib, ikki o`yin natijasiga ko`ra, chorak finalga chiqdi.
Evropa Ligasi, 1/8 final
"Galatasaroy" - "Barselona" - 1:2
Birinchi o`yin: 0:0
"Bayer" - "Atalanta" - 0:1
Birinchi o`yin: 2:3
"Monako" - "Braga" - 1:1
Birinchi o`yin: 0:2






