AsosiySport

Bahodir Jalolov professional boksdagi 10-jangida muddatidan oldin g`alaba qozondi (video)

'Bahodir Jalolov professional boksdagi 10-jangida muddatidan oldin g`alaba qozondi (video)'ning rasmi

Avval xabar berganimizdek, hamyurtimiz Bahodir Jalolov ayni vaqtda professional boksda ringga ko`tarildi. U shu kungacha professional boksda 9ta jang o`tkazib, ularning barchasida g`alaba qozongan. Bugun Bahodir Dubayda o`zining navbatdagi 10- jangini o`tkazdi.

Professional boksning og`ir vazn toifasida faoliyat olib borayotgan bokschimiz Bahodir Jalolov polshalik bokschi Kamil Cokolovskiga qarshi jang o`tkazdi.

Bahs 5-raundda Jalolovning muddatidan oldingi g`alabasi bilan yakunlandi.

    Boshqa yangiliklar