Rossiya hukumati tez orada YouTube’ni bloklashi mumkin. Bu haqda RIA Novosti “Roskomnodzor”ga tayanib, ma`lum qildi.
"Ehtimol keyingi haftaning oxiriga kelib YouTube bloklanishi mumkin. Menimcha, shunday bo`ladi. Aslida, bu ish shu hafta ichida sodir bo`lishi mumkin ham edi, lekin Meta bilan bog`liq boshqa bir holat yuz berdi (Instagram bloklandi). Ishonchim komil, bu ish hamma dasturlar blokirovkasi bir vaqtda bo`lmasligi uchun qoldirildi", - deyiladi xabarda.
Shuningdek, tez orada platformaning ishlash tizimiga cheklovlar ham o`rnatilishi mumkin.






