Misrning Qohira shahrida sport gimnastikasi bo`yicha Jahon kubogi bosqichi bo`lib o`tmoqda. Nufuzli musobaqada O`zbekiston terma jamoasi a`zolari munosib ishtirok etishayotgani tahsinga loyiq. Bu haqda Sportni rivojlantirish vazirligi matbuot xizmati ma`lum qildi.
Jahon kubogi bosqichida Vatanimiz sharafini Oksana Chusovitina, Ominaxon Xalilova, Dildora Oripova, Rasuljon Abdurahimov, Abdulla Azimov, Habibullo Ergashev, O`tkirbek Jo`raev kabi tajribali va iqtidorli sportchilar hisob qilishmoqda.
Qohiradagi musobaqalarda jahonning 33ta davlatidan eng kuchli sportchilar g`oliblik uchun bahs olib borishayapti. Bu ishtirokchilar sonining ko`pligi bo`yicha jahon kubogi bosqichlari tarixidagi rekord ko`rsatkichdir.
Biroz avval jahon kubogining tayanib sakrash yo`nalishida final bahslari yakuniga etdi. Unda sport gimnastikasi afsonasi Oksana Chusovitina muvaffaqiyatli qatnashdi va kumush medalga sazovor bo`ldi.






