Kiberqurollar yadro qurolidan ham xavfli. Bu haqda Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko ma`lum qildi.
“Kelajak xavfi yadro qurolida emas. Undan ham xavfli yo`nalishlar bor. Bu biologik va kiberqurollar. Bu o`ta xavfli”, – deb qayd etgan Lukashenko Yaponiyaning TBS telekanaliga bergan intervyusida.
U kiberqurollarning xavfini to`la anglamaganini aytgan. Belarus prezidenti so`zlariga ko`ra, bu turdagi qurollarni aniqlash qiyin, odamlar esa ulardan qo`rqishga hali o`rganmagan.






