Fransiyaning "PSJ" klubi hujumchisi Neymar uchun kutilmagan xaridor paydo bo`ldi. Bu haqda Fichajes ma`lum qildi.
Qayd etilishicha, Angliya Premer-ligasi ishtirokchisi "Nyukasl" 30 yoshli futbolchini transfer qilishni rejalashtirmoqda. O`z navbatida "PSJ" ham Neymarni sotib yuborishi mumkin.
"Nyukasl" esa yozda Neymarni sotib olish bo`yicha taklif bilan chiqmoqchi. Katta ehtimol bilan "qarg`alar" futbolchi transferiga katta mablag` sarflaydi hamda unga yuqori maosh taklif qilmoqchi.
Ayni vaqtda "Nyukasl" klubi saudiyalik investorlar tomonidan sotib olingan va yozgi transfer vaqtida tarkibni sezirarli darajada kuchaytirmoqchi.






