Xivada o`tayotgan og`ir atletika bo`yicha O`zbekiston chempionatida kattalar o`rtasidagi bahslarga start berildi. Bu haqda OlympicUz xabar berdi.
Birinchi kun dasturida muxlislar Tokio-2020 ishtirokchisi Adhamjon Ergashev, 2021 yilgi jahon chempioni Doston Yoqubov kabi nomdor polvonlarning ishtirokidan bahramand bo`lishdi. Kutilganidek, etakchilar o`z vazn toifalarida g`oliblikni qo`lga kiritishdi. Natijalar esa quyidagicha:
-55 kg: Azizbek Shomurotov (Xorazm) – 209 (93+116) kg
-61 kg: Diyorbek Ro`zmetov (Xorazm) – 255 (115+140) kg
-67 kg: Adhamjon Ergashev (Namangan) – 310 (140+170) kg
-73 kg: Doston Yoqubov (Toshkent vil) – 315 (140+175) kg.
Qizlar o`rtasidagi bellashuvlarda esa quyidagi sportchilar g`alaba qozonishdi:
-45 kg: Amangul Qalibekova (QQR) – 105 (48+57) kg
-49 kg: Zuhra Otajonova (Xorazm) – 150 (65+85) kg
-55 kg: Jamila Panfilova (Toshkent vil) – 189 (87+102) kg






