Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhamedov inaugurasiyadan so`ng darhol o`z vazifasini bajarishga kirishgan.
U Turkmaniston Konstitusiyasiga muvofiq, Vazirlar Mahkamasi a`zolarining to`liq vakolatlarini iste`foga chiqarish to`g`risidagi qarorni imzoladi. Biroq ularga yangi hukumat tuzilgunga qadar o`z vazifalarini davom ettirishni topshirdi, deya xabar bermoqda ORIENT news.
Eslatib o`tamiz, 40 yoshli Sardor Berdimuhammedov Turkmanistonning Yangi prezidenti etib saylandi. Unga saylovchilarning 73 foizi ovoz bergan. Saylovda jami saylovchilarning 97 foizi ishtirok etgan.
12 mart kuni Turkmanistonda prezident saylovi bo`lib o`tdi. Unda 9 nafar nomzod davlat rahbari lavozimi uchun kurashgan. 40 yoshli Sardor Berdimuhammedov saylovda 73 foizi ovoz to`plab Turkmanistonning Yangi prezidenti etib saylandi.






