AsosiySport

Anchelotti "Barselona"dan uchralgan mag`lubiyatga izoh berdi

'Anchelotti "Barselona"dan uchralgan mag`lubiyatga izoh berdi'ning rasmi

"Real" bosh murabbiyi Karlo Anchelotti "Barselona"dan (0:4) uchralgan mag`lubiyat haqida o`z fikrlari bilan o`rtoqlashdi.

"O`yinni yaxshi boshladik, lekin hisob ochilganidan so`ng nazoratni qo`ldan chiqardik. Raqib bo`sh zonalar topib, bizga etarlicha muammolar tug`dirdi. Ular ustunlik qildi.

Ayni vaqtda chempionatda ustunlik bizning tomonda. Biz endi dam olishimiz hamda keyingi o`yinlarga tayyorgarlik ko`rishimiz kerak. Og`ir mag`lubiyatni qabul qilib oldik. Bu kuchli zarba bo`ldi. Chunki "klassiko"da yutqazib qo`ydik. 

Mag`lubiyatda barcha aybni o`z bo`ynimga olaman", - deya Anchelotti so`zlaridan keltirmoqda Marca. 

    Boshqa yangiliklar