Polsha chegara xizmati bu bo`yicha ma`lumot berdi.
Unga ko`ra, 86 nafar chet el fuqarosi Polsha-Belarus chegarasi orqali noqonuniy ravishda Polshaga kirishga uringan. Qayd etilishicha, bu 2022 yil boshidan beri Belarus hududidan Polshaga o`tishga uringan eng ko`p noqonuniy muhojirdir.
Shuningdek, noqonuniy muhojirlarga yordam ko`rsatgani uchun Polsha chegarachilari tomonidan 3 kishi – Litva, O`zbekiston va Ukraina fuqarolari qo`lga olingani ta`kidlanmoqda.
Ulardan ikkitasi ikki guruh xorijliklarni tark etishga yordam berishga uringan. Birinchisi 19 nafar iroqlikka, ikkinchisi to`rt nafar suriyalik fuqaroga Polshaga kirishiga yordam berishga harakat qilgan.






