1

O`zbekistonlik yosh dizaynerlar Dubayda moda haftaligida ishtirok etdi

Madaniyat 22.03.2022, 13:51
O`zbekistonlik yosh dizaynerlar Dubayda moda haftaligida ishtirok etdi

Mamlakatimiz Bosh konsulligi va «O`zto`qimachiliksanoat» uyushmasi ko`magida  «SAWKELE» «Boutique Atelye»,  «IDEAL», «INDI FRI FASHION» brendi yosh dizaynerlarining  Birlarshgan Arab Amirliklarining Dubay shahrida bo`lib o`tgan «International Fashion Week Dubai» modalar namoyishida ishtiroki tashkil etildi. Bu haqda Dunyo AA xabar berdi.

Shu yilning 17-19 mart kunlari o`tkazilgan xalqaro modalar namoyishida, shuningdek,  AQSh, Italiya, Fransiya, Germaniya, Ruminiya, Shveysariya va BAA  vakillari qatnashdi.

Tadbirda O`zbekiston vakillari maxsus taqdimot o`tkazdi. Unda    mamlakatimizda Prezident Shavkat Mirziyoev rahbarligida  amalga oshirilayotgan xalqchil islohotlar natijasida 12 yildan ortiq vaqt davomida amal qilib kelgan o`zbek paxtasiga qo`yilgan boykot «Cotton Campaign» xalqaro koalisiyasi tomonidan  bekor qilingani alohida qayd etildi.

 O`zbek matolaridan tikilgan liboslar namoyishi «International Fashion Week Dubai» modalar namoyishi ishtirokchilari va mehmonlariga juda manzur keldi.

Tadbir davomida ko`zgazma tashkilotchilari bilan bo`lib o`tgan muzokaralarda o`zbekistonlik yosh dizaynerlarning Dubayda bo`lib o`tadigan moda namoyishlarida muntazam ishtirokini ta`minlash bo`yicha kelishuvga erishildi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1