27 noyabr kuni Shvesiyaning Estersund shahrida start olgan biatlon mavsumi o`z nihoyasiga etdi. Norvegiyaning Xolmenkollen shahrida o`tgan bosqichdan so`ng barcha yo`nalishlarda g`olib va sovrindorlar aniqlab olindi.
Erkaklar o`rtasidagi umumiy hisobda fantastik mavsum o`tkazgan fransiyalik Kenten Fiyon Mae, ayollar o`rtasida esa norvegiyalik Martu Olsbu Royseland katta Billur globusni qo`lga kiritishdi.
Umuman, poygalar davomida Kenten 10, Marte esa 8 bor shaxsiy startda g`alaba qozongani ularning Olimpiya mavsumiga qanday yuqori sport formasida tayyorgarlik ko`rganidan dalolat beradi. Pekinda o`tgan Olimpiadada fransiyalik biatlonchi 2 ta oltin va 3 ta kumush, Olsbu 3 ta oltin va 2 ta bronza medallarini qo`lga kiritdi. Millatlar kubogi hamda aralash estafeta dasturlarida Norvegiya jamoasiga teng keladigani topilmadi. Boshqa yo`nalishlardagi g`oliblar bilan tanishing:
Umumiy hisob:
- Kenten Fiyon Mae (Fransiya) va Marte Olsbu Royseland (Norvegiya)
U-25:
- Sturla Xolm Legreyd (Norvegiya) va Elvira Oberg (Shvesiya)
Individual poyga:
- Tarey Byo (Norvegiya) va Marketa Davidova (Chexiya)
Sprint:
- Kenten Fiyon Mae (Fransiya) va Marte Olsbu Royseland (Norvegiya)
Ta`qib poygasi:
- Kenten Fiyon Mae (Fransiya) va Marte Olsbu Royseland (Norvegiya)
Mass-start:
- Sivert Bakken (Norvegiya) va Justin Briza-Bushe (Fransiya)
Estafeta:
- Norvegiya va Shvesiya
Millatlar kubogi, aralash estafeta: Norvegiya






