Portugaliya terma jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronaldu JCh-2022 yo`llanmasi uchun kechadigan bahslar borasida o`z fikrlarini ma`lum qildi.
"Bor e`tiborim saralash bosqich o`yinlariga qaratilgan. Har doimgidek Portugaliya libosida vatanim sharafini himoya qilishdan faxrlanaman. Ayni vaqtda Qatarga borish yo`lida bizga oson bo`lmasligini juda yaxshi tushunib turibmiz.
Oldindan turgan raqiblarni hurmat qilamiz. Ular ham biz kabi jahon chempionatiga yo`llanma olishni maqsad qilgan. Portugaliya bu yo`llanmani ega chiqishi uchun oxirigacha kurashaamiz. Buni birgalikda amalga oshiramiz", - deya yozadi Ronaldu ijtimoiy tarmog`ida.






