AsosiySport

Shomurodov: "Mourino bilan munosabatlarimiz boshidagidek emas"

'Shomurodov: "Mourino bilan munosabatlarimiz boshidagidek emas"'ning rasmi

O`zbekiston milliy terma jamoasi ixtiyoriga etib kelgan "Roma" hujumchisi Eldor Shomurodov intervyu berdi. Bu haqda SA xabar bermoqda.

- Milliy terma jamoa yig`iniga keldingiz. Kayfiyatingiz qanday?
- Milliy terma jamoaga kelganimda doim kayfiyatim a`lo bo`lgan.

- "Roma"dagi ishlaringizdan ko`nglingiz unchalik to`lmayotgan bo`lsangiz kerak.
- Albatta ko`proq o`ynashni xohlayman.

- Bunga nima sabab deb o`ylaysiz?
- Bilmadim, balki o`zimni yaxshi tomonlama ko`rsata olmayotgandirman. Buni vaqt ko`rsatadi.

- Namangandagi xalqaro musobaqa haqida nima deya olasiz?
- Ushbu musobaqa vodiylik muxlislar uchun o`ziga xos bayram bo`ladi. Ularni xursand qilishga harakat qilamiz.

- Mourinyu bilan munosabatlar yomonlashmadimi?
- Yo`q, barchasi joyida. To`g`ri boshidagidek emasku, lekin yaxshi.

- Rejangizda keyingi mavsum ham "Roma"da niyati qolish bormi?
- Klub bilan amaldagi shartnomam bor. Agar o`ynaydigan bo`lsam qolishni xohlayman, lekin ko`p vaqt zaxirada o`tirish niyatim ham yo`q.

- Abraxamning Angliyaga qaytishi mumkinligi haqida xabarlar chiqdi. Uning ketishi sizning qolishingizni kafolatlaydimi?
- Yo`q, uning ahamiyati yo`q deb o`ylayman.

- Oldin "Rostov"da o`ynagan vaqtingizda klubda gol ura olmasdi, terma jamoaga borib gollar urib yaxshi kayfiyatda klubga kelardi deyishardi. Namangandagi turnirda ham shunday bo`lishi mumkinmi?
- Albatta bo`lishi mumkin. Hujumchi birinchi navbatda gol ursa o`ziga bo`lgan ishonch oshadi. Shuning uchun "Navruz Cup" musobaqasida ham ko`p gol urishni xohlayman.

- Namanganlik muxlislarga nimalar degan bo`lardingiz?
- Vodiylik barcha muxlislarga stadionga kelib bizni qo`llab turishlarini so`rayman. Biz esa chiroyli o`yin bilan xursand qilishga harakat qilamiz.

    Boshqa yangiliklar