AsosiyDunyo

Xitoy AQShning eng maxfiy dasturini aniqladi

'Xitoy AQShning eng maxfiy dasturini aniqladi'ning rasmi

Xitoy ilk bor AQSh milliy xavfsizlik agentligining ijtimoiy tarmoqlarni buzib kirishda ishlatadigan tizimini aniqladi.

Bu haqda Zamon.uz sayti Global Times gazetasiga tayanib xabar berdi.

Gazetaning Qihoo 360 axborot xavfsizligi kompaniyasiga asoslanib bergan ma`lumotiga ko`ra, gap o`ta kuchli dasturiy tizim haqida ketmoqda. Bu orqali butun dunyo bo`ylab ijtimoiy tarmoq va elektron pochtalarga kiberhujumlar uyushtirilgan.

Nomi sir qolishini istagan mutaxassis bu tizimni Quantum Attack deb nomlanishini ma`lum qilgan. Uning qo`shimcha qilishicha, ushbu dastur Facebook, Twitter va YouTube foydalanuvchilari sahifasini buzib kirish uchun maxsus ishlab chiqilgan. Shuningdek, u orqali Xitoy ijtimoiy tarmoqlari himoya tizimini ham chetlab o`tish mumkin.

Bundan tashqari, Quantum Attack shaxsiy akkauntlar parollarini bilish hamda maxfiy ma`lumotlar bazasi, hujjatlarni olishiga imkon beradi. Bu orqali Amerika xakerlari suratlar, video va audioyozuvlarni ham olishi mumkin.

Gazeta manbasiga ko`ra, AQSh hukumati betartib ravishda kiberhujum amalga oshirmoqda

Bu hatto Qo`shma Shtatlarga ittifoqchi davlatlarga nisbatan ham qo`llanilmoqda.

    Boshqa yangiliklar