1

Zarina Nizomiddinova oilasi, uslubi va nimadan qo`rqishi haqida...

Shou-biznes 13.06.2016, 11:22
Teglar: Aktrisa
Zarina Nizomiddinova oilasi, uslubi va nimadan qo`rqishi haqida...

Yangi “Qisqa va lo`nda” deb nomlangan loyihamizda mashhurlarning qiziqishlari  haqida bilib olishingiz mumkin. 
 

GARDEROB
Libos tanlashda doim qomat mos bichimlarga e`tibor beraman. Boshqalarga ham shuni tavsiya etaman. Garderobimda keng bichimdagi ko`ylaklar deyarli yo`q. Shuningdek, mashhur brendlarning kiyimlarini ham kamdan kam hollarda kiyaman, o`zim fason o`ylab to`pib, tiktirishga odatlanganman. 

QO`RQUV
Bolaligimda hech narsadan qo`rqmaydigan juda sho`x qiz bo`lganman. Ammo yoshim ulg`aygach, qorong`ulikdan juda qo`rqadigan bo`ldim. Ayniqsa, kutilmaganda uyda chiroq o`chib qolsa, vahimaga tushib qolaman. 

TAOM
Taomnomamda go`shtli taomlar kam. Masalan, mastava, moshxo`rda yoki oshni ham go`shtsiz eyman. Salatlarga ham  tovuq yoki baliq go`shti qo`shishni ma`qul ko`raman. 

KUMIR
Monika Beluchchi va Odri Xepbernning ijodi, tashqi ko`rinishiga juda havas qilaman. Hatto o`zimni tutishda ham shu ikki aktrisaga biroz taqlid qilganman (kuladi). 

OILA
O`g`lim Temurxon ikkinchi sinfni bitirdi. Nasib qilsa, yana ikki o`g`il va bir qizim bo`lishini niyat qilganman. Shunda uch o`g`ilning ichida bir qizim malikalardek  erka bo`lib o`sadi. Hatto ularning qaysi kasbni egallashishlarini ham rejalashtirib qo`yganman. Masalan, bitta o`g`lim albatta sportchi bo`ladi. Uni chempion bo`lishini orzu qilaman. Qolgan farzandlarim esa chet elda o`qib o`z kasbining malakali mutaxassislari bo`lishadi. 

GO`ZALLIK
Yuz va soch parvarishida oddiy muolajalarni qo`llayman. Sochimga ikki haftada bir marta qattiq va tuxum sarig`ini surtib turaman. Momolarimizdan qolgan bu resept juda foydali. Turli tadbir, tasvirga olish ishlarida professional pardozdan foydalanman, lekin kundalik hayotda faqat lab bo`yog`i bilan kifoyalanaman.

HORDIQ
Ishdan, hayotiy tashvishlardan charchagan paytlarim yoki depressiyaga tushganimda sayohat qilishni yaxshi ko`raman. Ammo bu yil yozni xorijda o`tkazish niyatim amalga oshmaydigan ko`rinadi, chunki ijodiy ishlar bilan bandman. Sayohat uchun faqat issiq mamlakatlarni tanlayman. Tabiatan sovuqqa yo`qroqman...

Aliya SULAYMANOVA

Sharhlar

Gavhar Sharipovaga haydovchi shilqimlik qilganligi holati yuzasidan qo`shimcha bayonot berildi

20.11.2019, 14:21

“Aktrisaga shilqimlik qilingan, u esa yurib ketayotgan yuk mashinadan o`zini tashlagan” Qashqadaryo YHXB qo`shimcha bayonot berdi.2019 yil 18 dan 19 noyabrga o`tar kechasi soat 02:20...
Shavkat Komilov suratga olish jarayonida aktrisani o`ldirib qo`yishiga bir bahya qoldi (video)

05.11.2019, 00:13

“Yolg`izlar”, “Ko`z yoshim”, “Dard” kabi o`n beshdan ziyod filmlari orqali tanilgan aktyor Shavkat Komilov ishtirokida video  tarqaldi...Unda aktyor, portnyori Aziza Yoqubovani chin ma`noda o`ldirib qo`yishiga...
​AKTRISA ASAL ShODIEVA TADBIRKORLIKKA QO`L URDI (FOTO, VIDEO)

21.09.2017, 15:12

Asal Shodievaning Instagramdagi ijtimoiy tarmog`ida o`ziga xos dizayndagi liboslar to`plami aks etgan suratlar paydo bo`ldi. Ma`lum bo`lishicha, mazkur liboslar aktrisaning g`oyasi bilan yaratilgan bo`lib, Miel...
​SITORA ALIMJONOVA ShAXSIY HAYoTINI MUHOKAMA QILGANLARGA MINNATDORChILIK BILDIRDI

14.08.2017, 12:34

Aktrisa Sitora Alimjonova 8 avgust kuni turmushga chiqdi. Uning to`yi Tailandning Pxuket orolida bo`lib o`tdi.Sitora o`z intervyularida turmush o`rtog`ining 27 yoshda ekanligini va u tadbirkorlik...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1