AsosiySport

Baydarka va kanoechilarimiz Osiyo chempionatini muvaffaqiyatli boshlashdi

'Baydarka va kanoechilarimiz Osiyo chempionatini muvaffaqiyatli boshlashdi'ning rasmi

Tailandda slalom bahslaridan so`ng baydarka va kanoe bo`yicha Osiyo chempionatiga start berildi. Quvonarlisi, sportchilarimiz kunning birinchi yarmidagi dasturda 5 ta oltin, 5 ta kumush va 1 ta bronza, jami 11 ta medal qo`lga kiritishdi. Bu haqda olympic.uz xabar bermoqda.

Musobaqa yoshlar va kattalar o`rtasida o`tkazilmoqda. Buenos-Ayres-2018 o`smirlar Olimpiadasi chempioni Gulbahor Fayzieva kattalar toifasida ham o`zining nimalarga qodir ekanini yana bir karra ko`rsatib, qit`a birinchiligining oltin medaliga sazovor bo`ldi. Shuningdek, jamoamiz g`aznasiga yana 4 ta oltin medalni yoshlarimiz taqdim qilishdi. Ayni paytgacha medal qo`lga kiritgan sportchilarimiz:

Kattalar, oltin medal:
S-1: Gulbahor Fayzieva

Kumush medal:
K-1: Shaxriyor Mahkamov
K-2: Shohruhbek Azamov va Samandar Haydarov
K-4: Kamila Malaxova, Yuliya Borzova, Ekatirina Shubina, Arina Tanatmisheva

Bronza medal:
S-1: Nurislom To`xtasin o`g`li

Yoshlar, oltin medal:
K-1: Akmal Mirzaev
K-1: Kseniya Ivlieva
S-1: Muhammadali Mirismanov
S-2: Kamoliddin Rahmatullaev va Azimjon Sotiboldiev

Kumush medal:
S-1: Shohsanam Sherzodova
K-4: Ibratbek Ergashev, Abdusalom Normirzaev, Akmal Mirzaev va Sergey Slepov

Ma`lumot uchun, barcha yo`nalishlar 1000 metr masofaga o`tkazildi. Yoshlar toifasi 18 yoshgacha bo`lgan sportchilar o`rtasida tashkil etildi.

    Boshqa yangiliklar