Xabaringiz bor, bugun, 24 mart kuni Tailandda baydarka va kanoeda eshkak eshish bo`yicha Osiyo chempionati boshlandi. Sportchilarimiz bellashuvning birinchi kunida tushga qadar 11 ta medal jamg`argan eli. Kechki dasturda ham o`zbekistonlik sportchilar muvaffaqiyatli qatnashib, yana 6ta medalni qo`lga kiritishdi. Bu haqda Sportni rivojlantirish vazirligi xabar berdi.
Yosh kanoechilarimizdan tuzilgan to`rtlik ekipaj o`z yosh toifasida barcha raqiblarini ortda qoldirib, oltin medalga sazovor bo`ldi. Shuningdek, jamoamiz hisobiga yana 4ta kumush va bitta bronza medallari ham qo`shib qo`yildi.
Bugun kechki dasturlarda shohsupaga ko`tarilgan sportchilarimiz:
Oltin medal
Samandar Nabiev, Muhammadali Mirismanov, Azimjon Sotiboldiev, Kamoliddin Rahmatullaev,
Kumush medal
Nurislom To`htasin o`g`li, Elyorjon Mamadaliev, Artur Guliev, Vladlen Denisov,
Ekaterina Shubina,
Shohruhbek Azamov, Vilyam Ibragimov, Samandar Haydarov, Shahriyor Mahkamov,
Kseniya Ivlieva, Dilshoda Abdurahmonova,
Bronza medal
Vladlen Denisov, Gerasim Kochnev.
Ma`lumot uchun: kunning birinchi yarmida sportchilarimiz 5ta oltin, 5ta kumush va 1ta bronza medalini qo`lga kiritishgan edi. Shu tariqa, bugun jamg`arilgan medallarning umumiy soni 17tani (6ta oltin, 9 ta kumush va 2 ta bronza) tashkil etdi.






