Istanbulning qaerga qaramang go`zallikni ko`rasiz. Dengiz.. Quyoshning chiqishi va botishi..
Bir tomondan Osiyoga, ikkinchi tomondan esa Evropaga cho`zilgan Istanbul ikki qit`adan iborat dunyodagi yagona shahardir. Shaharning yuragi bo`lgan Qora dengiz, Marmara dengizi va Ko`rfazga Bosfor bo`g`ozi orqali suv o`tadi.
Istanbul strategik joylashuvi va maftunkor tabiati bilan oziga jalb qiladi. 1500 yildan ortiq vaqt davomida u uchta imperiyaning: Rim, Vizantiya va Usmoniy imperiyalarining poytaxti bo`lgan. U o`zining ahamiyatiga ko`ra ulug`vor obidalar bilan bezatilgan va turli madaniyatlar, millatlar va dinlarni oz ichiga olgan metropolga aylandi. Bu madaniyatlar, millatlar va dinlar Istanbulning mozaikasini tashkil etuvchi kichik rangli toshlarida aks etgan.
Ulug`vor xazinalar
1500 yillik imperatorlik poytaxti bo`lgan Istanbul o`zining o`tmishdagi ulug`vorligini aks ettiruvchi me`moriy yodgorliklariga boydir.
Shaharning har qadamida Rim, Vizantiya va Usmoniy saroylari, masjidlar, cherkovlar, monastirlar, yodgorliklar, devorlar va xarobalarga duch kelishingiz mumkin. Ibodatxonalar, hokimiyat, savdo va ko`ngilochar maskanlarga ega eski shahar markazi fuqarolari o`z madaniyati va turmush tarzini saqlagan, davlat xavfsizligi bilan ta`minlangan joy edi.
Istanbulning eng ajoyib yodgorliklari sharqda va janubda Marmara dengizi, shimolda Ko`rfaz va g`arbda shahar devorlari bilan o`ralgan uchburchak quruqlikdagi hudud. Istanbulning tarixiy manzillari sifatida tanilgan ushbu hudud 1985yilda YuNESKOning Jahon merosi ro`yxatiga kiritilgan va bugungi kungacha o`z tarixi va ahamiyati bilan tashrif buyuruvchilarni hayratda qoldirishda davom etmoqda. Sulton Ahmad maydoni tarixiy yarim orolning yuragi bo`lib, uning yaqinida Vizantiya va Usmoniy me`morchiligining eng ko`zga ko`ringan namunalarini ko`rishingiz mumkin.
Buyukada oroli
Buyukada Istanbuldagi orollarning eng kattasi. Bu erda siz qarag`ay daraxtlari orasida elektr mashinada sayr qilishingiz yoki orol atrofidagi sohilda dengizni tomosha qilib uzun xayollar surib, dam olishingiz mumkin. Kinali, Sedef, Burgaz va Heybeliadalar ham shu kabi mashhur orollari jumlasidandir.






