AsosiySport

Qirg`iziston bosh murabbiyi O`zbekistondan uchralgan mag`lubiyatga izoh berdi

'Qirg`iziston bosh murabbiyi O`zbekistondan uchralgan mag`lubiyatga izoh berdi'ning rasmi

Qirg`iziston bosh murabbiyi Aleksandr Krestinin «Navruz Cup» yarimfinalidan o`rin olgan O`zbekiston (1:3) bilan o`yindan keyin o`z fikrlarini bildirdi. Bu haqda Tribuna xabar bermoqda

"O`zbekistonni g`alaba bilan tabriklayman. Qiziqarli o`yin bo`ldi. Ikki xil taym ko`rdik.

Albatta, raqibni o`rgangandik. Birinchi bo`limda yaxshi o`ynadik, ammo ikkinchi bo`limda futbolchilarning kuchlari etmadi.

Tojikiston bilan bahs? Yaxshi raqib. Ular bilan yozda Osiyo Kubogi saralashida o`ynashimizni inobatga olib, o`yinimizni yashirmoqchi emasman. Chunki iyun oyida aynan kimlar maydonga tushishi noma`lum. Futbolchilarning holati boshqacha bo`lishi mumkin. Raqib Tojikiston bo`lgani bilan ikki bahs orasida 2 oydan ortiq vaqt bor.

Ugandaning o`yinini ko`rmadim. Shu sabab finaldagi imkoniyatlar haqida nimadir deya olmayman. Finalda chiqdimi, demak, munosib".

    Boshqa yangiliklar