AQSh "Tolibon" bilan Dohadagi muzokaralarini bekor qildi. Bu haqda Davlat departamenti matbuot kotibi o`rinbosari Jalina Porterga asoslanib, "TASS" xabar berdi.
"Dohadagi bekor qilingan uchrashuvlarga keladigan bo`lsak, haqiqqatdan ham ayrim muloqotlarni to`xtatdik. Bu o`zaro munosabatlardagi burilish nuqtasi bo`lishi mumkin", — degan u.
Bundan oldin "Tolibon" o`rta va yuqori sinflarda o`qiydigan qizlarning maktabga borishini taqiqlab qo`ygandi. AQSh, Buyuk Britaniya va Evropa Ittifoqi davlatlari bu qadamni qoralab chiqdi.
Porterning so`zlariga ko`ra, toliblarning bu qarori afg`on xalqi iqtisodiy o`sishi hamda "Tolibon"ning xalqaro miqiyosda tan olinishi istiqbollariga katta zarar etkazadi.
U toliblarni yana bir marta o`z majburiyatlarini bajarishga chaqirgan. Davlat departamenti vakili so`zlariga ko`ra, ayollar ta`limiga ruxsat berish orqali iqtisodiyot va jamiyat potensialini to`la ochib berish mumkin.






