O`zbekiston xalq shoiri Muhammad Yusuf qalamiga mansub “Osmonimga olib ketaman” taronasi qayta ijro etildi.
14 iyun kuni Akbar Atamuxamedov va “SADO” ansambli ijodkorlari o`z muxlislariga uni taqdim etadilar. Yangi sayqal “Sado” ansambli Rinat Abubakirov va Mansur Dehqonov hamkorligida yaratgan. Mazkur qo`shiq Tarona records studiyasining mahsuloti.
Ovoz rejissyori Bahrom Sobirov.
Premera “O`zbegim taronasi”, “Navro`z”, “Vodiy sadosi”, “Poytaxt” va “Grand” radiostansiyalarida turli soatlarda bo`lib o`tadi.





