1

Klichko rafiqasi haqidagi savolga javoban jurnalist qizni o`pib qo`ydi(Video)

Dunyo 14.06.2016, 15:59
Klichko rafiqasi haqidagi savolga javoban jurnalist qizni o`pib qo`ydi(Video)

Ukrainaning Kiev shahri meri Vitaliy Klichko Evro-2016 bahslarida Germaniya-Ukraina o`rtasidagi matchda milliy terma jamoani yolg`iz o`zi qo`llab-quvvatladi. Bu esa ko`pchilikning e`tiborini tortdi. Bu haqda “Vesti” nashri xabar bermoqda.  

Jurnalistlar Klichkoning o`yin haqidagi taassurotlari bilan qiziqar ekan, shu o`rinda uning rafiqasi qaerda ekanligi haqida savol berdi.  

Bu savolga javoban Klichko jurnalist qizni o`pib qo`yish bilangina cheklandi. So`nggi paytlarda Klichko rafiqasi Natalya bilan juda kam ko`rinish bermoqda. Ularning bir o`g`il va bir qizlari bor. 

Vitaliy Klichko javobi uncha oson bo`lmagan savolga qiziq reaksiya bildirdi. Dastlab u rafiqasining o`ta muhim ishlari borligi sabab Fransiyaga borolmaganini bildirdi. So`ng u Ukrainaning “TSN” telekanali jurnalistiga qarata “Sizni o`pib qo`ysam maylimi? Buni juda istayapman” dedi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1