Shimoliy va Markaziy Amerika mintaqasida 2022 yilgi jahon chempionati saralashi doirasida 13-tur o`yinlari bo`lib o`tdi.
Kanada terma jamoasi o`z maydonida Yamaykani 4:0 hisobida mag`lubiyatga uchratib, muddatidan oldin JChga yo`llanma oldi.
AQSh va Meksika terma jamoalari JChga yo`llanma olish imkoniyatiga ega bo`lib turibdi. Ular turnir jadvalida 2 va 3-o`rinlarni egallab turibdi. 4-o`rindagi Kosta Rikada ham JChga yo`llanma olish imkoniyati mavjud. Barcha masalaga so`nggi tur aniqlik kiritadi.






