21 mart kuni Xitoy janubidagi Guanjou avtonom tumanida halokatga uchragan China Eastern Airlines aviakompaniyasiga tegishli samolyotning ikkinchi "qora quti"si topildi. Bu haqda Sinhua xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, "ikkinchi qora" quti yakshanba kuni topilgan. Hozircha bu borada boshqa hech qanday ma`lumot berilgani yo`q.
Ma`lumot uchun, halokatga uchragan China Eastern Airlines aviakompaniyasining samolyotidagi barcha 132 nafar yo`lovchi halok bo`lgan va unda barcha odamlar halok bo`lgani aytib o`tilgandi.






