AsosiySport

O`zbekiston - Uganda uchrashuvi hakamlari ma`lum qilindi

'O`zbekiston - Uganda uchrashuvi hakamlari ma`lum qilindi'ning rasmi

Ertaga "Navruz Cup-2022" musobaqasining final va uchinchi o`rin uchun o`yinlari bo`lib o`tadi.

Turnirning 3-o`rini uchun kechadigan o`yin — Tojikiston va Qirg`iz Respublikasi o`rtasidagi bahsni Akobirxo`ja Shukurullaev boshchiligidagi hakamlar jamoasi boshqarib boradi. Bu haqda O`FA matbuot xizmati ma`lum qildi

Unga qanotlarda Baxtiyorxo`ja Shavkatov va Aleksandr Sidorov yordam beradi. Rustam Lutfullin esa zaxira hakami sifatida faoliyat olib boradi.

Shuningdek, Uganda va O`zbekiston o`rtasidagi final uchrashuvida bosh hakamlik Sayyodjon Zayniddinovga ishonib topshirildi. Unga qanotlarda Vafo Karaev va Ismoil Nuraliev yordam beradi. Zaxira hakami vazifasi esa Nasrullo Kabirovga yuklatilgan.

    Boshqa yangiliklar