"Bavariya" hujumchisi Robert Levandovski faoliyatini "Barselona"da davom ettirishga tayyor. Bu haqda Sportitalia nashri xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, polshalik futbolchi "Barselona"ga o`tishga rozi bo`lgan va yozda kelishuvni amalga oshishiga qarshi emas. Bundan tashqari, Levandovski maoshini kamayishiga ham qarshi emas.
Ma`lumot uchun, 33 yoshli Robert Levandovskining myunxenliklar bilan amaldagi shartnomasi 2023 yilgacha mo`ljallangan.






