Shri-Lankaning milliy aviatashuvchisi SriLankan Airlines Kolombo va Moskva o`rtasidagi reyslarni to`xtatganini e`lon qildi. Bu haqda kompaniya xabari asosida "Interfaks" xabar bermoqda.
"Cheklovlar davom etayotgan Rossiya-Ukraina mojarosi tufayli Rossiyaga nisbatan kiritilgan xalqaro moliyaviy cheklovlar va samolyotlarni sug`urtalash cheklovlari ko`rinishida taqdim etilgan. Bu esa SriLankan Airlines aviakompaniyasining Rossiyaga parvozlariga bevosita ta`sir qiladi. Shunga ko`ra, aviakompaniya Moskvaga parvozlarni vaqtincha to`xtatadi", - deyiladi xabarda.
Ma`lumot uchun, SriLankan Airlines Kolombo va Moskva o`rtasida haftada ikki marta reyslarni amalga oshiradi.






