Avval xabar berganimizdek, Turkiya Respublikasi Prezidenti Rajab Toyib Erdo`g`an Turkiya-O`zbekiston Oliy darajadagi strategik hamkorlik kengashining ikkinchi yig`ilishida ishtirok etish uchun O`zbekistonga etib keldi.
Ayni paytda Ko`ksaroy qarorgohida Turkiya prezidenti Rajab Toyyip Erdo`g`anni rasmiy kutib olish marosimi bo`lib o`tmoqda.
Tadbir avvalida O`zbekiston va Turkiya davlat madhiyalari yangradi. Ikki davlat rahbarlari ayni paytda delegasiyalar tarkibini bir-birlariga tanishtirmoqda, deya xabar bermoqda "Darakchi" muxbiri.






