My Day sayti o`zbek shou-biznesi vakillari bo`lgan va ayni damda farzand kutayotgan mashhur ayollarning fotosuratlarini taqdim etdi.
Aktrisa va boshlovchi Rayhon Ulasenova uchinchi farzandiga homilador. Aktrisaning bir o`g`li va bir qizi bor.
Xonanda Ruxshona ikkinchi bor ona bo`lish arafasida. U 2014 yil 2 noyabrida rejissyor Sanjar Matkarimov bilan turmush qurgan va 2015 yilning sentyabr oyida qiz farzandli bo`lgan edi.
Oybek va Nigoraning to`yi 2015 yilning 21 noyabr kuni bo`lib o`tdi. Endilikda yosh oila birinchi farzandini kutmoqda
Aktrisa Gulchehra Eshonqulova 2015 yilning 30 may kuni yoshi o`zidan ancha kichik aktyor Sharof Sharopov bilan turmush qurgani katta shovshuvga sabab bo`lgan edi. Nikohdan bir muddat so`ng ular ajrashayotgani haqidagi xabarlar ham tarqalgan edi. Ammo hozirda yosh oila Turkiyada turmush kechirmoqda. Aktrisaning Instagram’dagi sahifasiga joylagan suratlaridan Gulchehra ona bo`lish arafasida ekanligini ko`rish mumkin.
O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan artist Ziyoda Qobulova ham farzand kutayotgan ayollar ro`yxatida. U 2013 yilda o`g`illi bo`lgan edi.