Gidrometrolog xabar berishicha, kechagi kuchli shamol va yog`inlar hamda bugungi issiq havodan so`ng, Qirg`izistonning tog`li ''Otmok'' dovonidagi tog`lardagi qor uyumlarining ''O`sh-Bishkek'' avtomobil yo`liga ''oqib tushish'' ehtimoli ortib ketgan.
Bu kabi qor ko`chishi bilan bog`liq real xavf mavjud havzalar mutaxasislar tomonidan oldindan prognoz qilingan. Shuning uchun xavf mavjud hududlarda harbiylar arteleriyalar orqali qor yig`ilgan havzalarga ta`sir ko`rsatib, sun`iy qor ko`chirish ishlarini amalga oshirmoqda.
''Otmok'' dovoni shu sabab bugun soat 18:00 ga qadar yopiq bo`ladi.
Mutaxassisning ta`kidlashiocha, O`zbekistonda ham sun`iy qor ko`chirish ishlari amalga oshiriladi. Ayrim yillari bu ishlar ''Qamchiq'' dovonida ham qo`llangan.






