Marokash terma jamoasi JCh-2022 saralash bosqichida Kongo Demokratik Respublikasi terma jamoasini mag`lub etdi (4:1). Marokashliklar jahon chempionatining final bosqichiga yo`llanma oldi.
Marokash terma jamoasi bosh murabbiyi Vahid Xalilhojich to`rt xil terma jamoa bilan jahon chempionatiga yo`llanma olgan birinchi murabbiyga aylandi. Bungacha uKot-d'Ivuar, Jazoir va Yaponiyani jahon chempionatiga olib chiqqandi.
Bora Milutinovich va Karlos Alberto Parreyra jahon chempionatida besh xil jamoani boshqargan, biroq ularning hammasi ham saralash bosqichida qatnashishi shart emas edi.






