AsosiySport

Ronaldu "Manchester Yunayted"ni tark etishi mumkin

'Ronaldu "Manchester Yunayted"ni tark etishi mumkin'ning rasmi

"Manchester Yunayted" hujumchisi Krishtianu Ronaldu mavsum yakunida jamoani  tark etishi mumkin. Bu haqda ESPN xabar bermoqda. 

Qayd etilishicha, 37 yoshli portugaliyalik futbolchining "qizil iblislar" bilan shartnomasi 2023 yilda yakunlanadi. Lekin uning jamoada qolishi aniq emas. Shu sababli futbolchi tez orada faoliyati bo`yicha yakuniy qarorga keladi. 

Ma`lumot uchun, Ronaldu joriy mavsum APLda 24 o`yinda maydonga tushib, 12ta gol va 3ta assistga mualliflik qilgan. EChLda esa 7 o`yinda 6ta gol kiritgan.

    Boshqa yangiliklar