AsosiySport

O`zbekiston Professional futbol ligasiga direktor tasdiqlandi

'O`zbekiston Professional futbol ligasiga direktor tasdiqlandi'ning rasmi

Bugun O`zbekiston Professional futbol ligasi Ijroiya qo`mitasining yangi saylangan tarkibdagi ilk yig`ilishi o`tkazildi.

Unda tashkilot bosh direktori lavozimiga O`FA prezidenti kiritgan taqdimnomaga asosan Diyor Imomxo`jaev nomzodini tasdiqlash masalasi ko`rib chiqildi.

Unga ko`ra, 2020-yilning 25-may kunidan boshlab O`zPFL bosh direktori vazifasini bajaruvchi sifatida ishlab kelayotgan Diyor Imomxo`jaev ortda qolgan muddat davomida amalga oshirgan ishlar inobatga olingan holda O`zbekiston Professional futbol ligasi Ustaviga muvofiq O`FA prezidentining taqdimnomasiga asosan Liganing Ijroiya qo`mitasi a`zolari tomonidan ovoz berish yo`li orqali lavozimga tasdiqlandi. 

Ijroiya qo`mitasining barcha a`zolari ushbu nomzodni tasdiqlash uchun ovoz berishdi va Diyor Imomxo`jaev 4 yil muddatga O`zbekiston Professional futbol ligasi bosh direktori etib tasdiqlandi.

    Boshqa yangiliklar