AsosiyDunyo

Turk taomlari Oskar mukofotini topshirish marosimining asosiy menyusidan o`rin oldi

'Turk taomlari Oskar mukofotini topshirish marosimining asosiy menyusidan o`rin oldi'ning rasmi

27 martga o`tar kechasi Los-Anjelesda o`tkazilgan 94-Oskar mukofotlarini topshirish marosimidan so`ng, dunyoga mashhur kino yulduzlari va prodyuserlar ishtirok etgan ziyofatning bu yilgi menyusida turk taomlari ham o`rin oldi. 1995-yildan beri o`tkaziladigan mukofotlari kechasi, o`z menyusida Qora dengiz nonlari (pide) va quruq o`riklarni qaymoq bilan to`ldirilgan desertlar o`rin olgan.

Dunyoga mashhur bo`lgan «Oskar» mukofoti dunyodagi eng nufuzli taqdirlash marosimlaridan biri hisoblanadi. 27-martga o`tar kechasi Los-Anjelesdagi Dolby teatrida 94-marotaba yulduzlarni taqdirlash marosimi bo`lib o`tdi. Marosimdan keyingi ziyofatda turk taomlari dunyoga mashhur kino yulduzlari, san`atkorlar va ishtirok etganlar o`rtasida katta taassurot qoldirdi.

1995-yildan beri Oskar kechalari uchun menyu tayyorlab kelayotgan jahonga mashhur oshpaz Volfgang Pak bu yilgi ziyofat menyusida Qora dengiz noni (Karadeniz pidesi) va qaymoq bilan to`ldirilgan quritilgan o`riklarni (Kaymaklı Kayısı Tatlısı) taqdim etdi. Ularning ikkisi ham ilk marotaba kinoning eng ko`zga ko`ringan shaxslari tomonidan tatib ko`rildi va taomlar katta olqishlarga sazovor bo`ldi.

Bazm uchun menyu tayyorlagan Volfgang Pak, “Turkiya an`anaviy reseptlari va organik mahsulotlari bilan dunyoning eng boy oshxonalaridan biridir. Turk oshxonasida kashf qilish uchun ko`plab reseptlar va mahsulotlar mavjud. Turkiyaning barcha etti mintaqasi lazzat, tarix va madaniyatga to`la. Turkiyada tashrif buyurish kerak bo`lgan va mazali taomlari bo`lgan ko`plab shaharlar bor. Men va oilam har yozda Turkiyaga zavq bilan tashrif buyuramiz” deydi mashhur oshpaz.             

    Boshqa yangiliklar