Jahon banki Afg`onistondagi qiymati 600 mln dollarlik loyihalarning amalga oshirilishini to`xtatdi. Bu haqda VB agentligi xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, bank tomonidan qo`yilgan cheklovga "Tolibon" harakati tomonidan qizlarning o`rta maktab va liseylarda ta`lim olishlariga cheklash to`g`risidagi qarori sabab bo`lgan.
"Bank Afg`onistondagi 600 mln dollarlik to`rtta loyihani vaqtinchalik to`xtatadi. Ya`ni,, sog`liqni saqlash va qishloq xo`jaligi sohasidagi loyihalar haqida bormoqda", - deyiladi xabarda.






