"Barselona"ning sobiq hujumchisi Serxio Aguero yana katta futbolga qaytmoqchi. Bu haqda Marca xabar bermoqda.
"FIFA menga allaqachon futbol afsonasidek qaramoqda. Lekin men kuni kecha yana maydonga qaytish va futbol o`ynash haqida o`ylay boshladim. Shifokorlar menga 5-6 oy maydonga chiqmasligimni aytishgandi. Biroq men yana mashg`ulotlarga qaytishni istayman. Menga "Inter Mayami"dan taklif bo`ldi, lekin men buni rad etdim", - deydi Aguero.
Eslatib o`tamiz, 33 yoshli sobiq futbolchi o`tgan yilning dekabrida yuragidagi muammolar sabab faoliyatini yakunlaganini e`lon qilgandi.






