AsosiySport

Katta dubulg`a: Bugun o`zbek dzyudochilari Antalyada bahslashadi  

'Katta dubulg`a: Bugun o`zbek dzyudochilari Antalyada bahslashadi   'ning rasmi

Bugun Turkiyada dzyudo bo`yicha "Katta dubulg`a" musobaqasining birinchi kun bellashuvlari bo`lib o`tadi. Unda engil vazn toifasidagi vakillar medallar uchun kurashishadi. Bu haqda O`zbekiston Milliy Olimpiya Qo`mitasi xabar bermoqda. 

Qur`a natijasiga ko`ra, bahslarga kirishadigan 7 nafar o`zbekistonlik quyidagi raqiblarga qarshi bellashuvni boshlashadi:

-60 kg: Dilshodbek Baratov – Mixrach Akkush (Turkiya);

-60 kg: Kemran Nurillaev – Angelo Pantano (Italiya);

-66 kg: Sardor Nurillaev– Uillis Garsiya (Venesuela);

-48 kg: Halimajon Qurbonova – Blandayn Pot (Fransiya);

-52 kg: Diyora Keldiyorova – Xsuan Lin Xsu (Xitoy Taipeyi);

-57 kg: Nilufar Ermaganbetova – Ya Ex (Xitoy Taipeyi);

-57 kg: Shukurjon Aminova – Xesret Bozkurt (Turkiya).

    Boshqa yangiliklar